Sobiq «Yandeks» boş direktori Arkadiy Voloj tomonidan asos solingan va sun’iy intellekt uçun bulutli yeçimlarga ixtisoslaşgan Niderlandiyaning Nebius Group N.V. kompaniyasi Amerikaning Meta Platforms Inc. şirkati bilan SI loyihalari uçun infratuzilma yetkazib beriş böyiça uzoq muddatli kelişuv tuzdi. Bu haqda Nebius'ning 16 mart, duşanba kuni e’lon qilingan press-relizida xabar berildi.

Beş yilga möljallangan kelişuv doirasida Nebius qiymati 12 milliard dollar bölgan ajratilgan hisoblaş quvvatlarini taqdim etadi, ular NVIDIA Vera Rubin platformasi asosida işlaydi. Ilk yetkazib berişlar 2027 yil boşiga rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, Meta beş yillik davr mobaynida Nebius'ning yangi klasterlardagi kelajakdagi hisoblaş quvvatlarining bir qismini umumiy qiymati 15 milliard dollargaça bölgan miqdorda xarid qiliş majburiyatini olgan. Şu bilan birga, Nebius öz quvvatlarining bir qismini uçinçi tomon mijozlariga sotişni, qolgan qismini esa Mark Tsukerberg kompaniyasi uçun zaxirada saqlaşni rejalaştirmoqda.

Bitimning umumiy qiymati taxminan 27 milliard dollarga teng. Bloomberg agentligi ta’kidlaşiça, bu Meta'ning hisoblaş quvvatlari böyiça eng yirik şartnomalaridan biri hisoblanadi.

«Biz quvvatlar taqdim etiş böyiça yangi yirik uzoq muddatli şartnomalarni ta’minlaş doirasida Meta bilan muhim hamkorligimizni kengaytirganimizdan mamnunmiz», — dedi Voloj.

Bu yangilik fonida Nebius aksiyalari duşanba kuni savdolar oldidan 15 foizga qimmatladi. Kompaniya aksiyalarining qiymati sönggi 12 oy içida qariyb tört barobar oşgan. Meta aksiyalari esa 2,8 foizga kötarildi.

2025 yil kuzida Nebius Group Microsoft korporatsiyasi bilan qariyb 20 milliard dollarlik beş yillik şartnoma imzolagan, 2026 yil mart oyida esa Nvidia bilan 2 milliard dollarlik kelişuv tuzgan edi.