Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Texnologiya kengashiga Tsukerbergni tayinladi
Tramp prezidentlik lavozimidagi birinchi muddatida ham shunga o‘xshash kengash tuzgan, uning tarkibiga texnologiya sohasi vakillari kirgan, ammo uning a’zolari orasida bunday taniqli shaxs bo‘lmagan edi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Texnologiya kengashiga bir qator eng yirik biznes vakillarini, jumladan, Meta va Nvidia bosh ijrochi direktorlarini tayinladi. Mark Tsukerberg va Jyensen Xuan, shuningdek, Oracle hammuassisi Larri Ellison SI siyosati va boshqa masalalarni baholashi lozim.
Ilm-fan va texnologiyalar bo‘yicha prezident kengashi ((PCAST) hamraislari ilgari Tramp ma’muriyatida sun’iy intellekt va kriptovalutalar siyosati uchun mas’ul bo‘lgan Devid Saks va yana bir texnologik maslahatchi - Maykl Krasios bo‘ladi, deb xabar berdi Oq uy matbuot xizmati.
Tramp 25 mart kuni sohaning 13 a’zosidan iborat dastlabki tarkibni tayinladi, unga Google hammuassisi Sergey Brin va Dell Technologies asoschisi Maykl Dell ham kirdi. Prezident farmoniga muvofiq, yakunda kengash tarkibiga 24 kishi kirishi mumkin.
«Qo‘shma Shtatlar sun’iy intellekt sohasida dunyoda yetakchilik qilish imkoniyatiga ega, - dedi Tsukerberg The Wall Street Journal nashriga. - Prezident kengashiga qo‘shilish va buni amalga oshirishga yordam berish uchun boshqa soha yetakchilari bilan ishlash men uchun katta sharaf».
Tramp prezidentlik lavozimidagi birinchi muddatida ham shunga o‘xshash kengash tuzgan, uning tarkibiga texnologiya sohasi vakillari kirgan, ammo uning a’zolari orasida bunday taniqli shaxslar bo‘lmagan edi.
Mavzuga oid
20:51
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26
Eron yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilganini e’lon qildi
20:15
Kuba parlamenti 65 yil ichidagi eng yirik iqtisodiy xususiylashtirishni ma’qulladi
17:56