Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim saylov uchastkalarida elektron ovoz berish sinovdan o‘tkaziladi
Markaziy saylov komissiyasi deputatlar saylovi kuni Toshkentdagi 10 ta saylov uchastkasida elektron ovoz berishni sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Foto: Markaziy saylov komissiyasi
Markaziy saylov komissiyasi 12 oktyabr kuni Toshkent shahrida joylashgan ayrim saylov uchastkalarida saylov kuni elektron ovoz berish jarayonini sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
MSK xabariga ko‘ra, saylovchilarga qulaylik yaratish maqsadida mamlakat tarixida ilk marotaba elektron ovoz berish jarayonini sinovdan o‘tkazish reja qilinmoqda.
Elektron ovoz berish tartibi ovoz berish va saylov natijalarini tezkor aniqlash, ovoz berish jarayonlarining qonuniyligini ta’minlash, saylov komissiyalarining ish hajmini maqbullashtirishga xizmat qiladi.
Qurilma saylov byulletenlarining elektron ko‘rinishlari bilan maxsus dasturlangan, monitor, qog‘ozni chop etuvchi va avtomatik tarzda kesuvchi printer, saylov qutisi va uni masofadan faollashtirish tugmasidan iborat bo‘ladi. Undan foydalanish tartibi uchastka saylov komissiyasining tegishli mas’ul a’zosi tomonidan tushuntiriladi.
Tizim Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasining tavsiyasiga asosan poytaxtdagi 16-, 17-, 18-, 19-, 20-, 21-, 22-, 23-, 24- va 25-saylov uchastkalarida joriy etiladi.
Mavzuga oid
17:04 / 30.11.2025
Muxolifatchilar hibsga olinishi va energetika inqirozi. Qirg‘izistonda navbatdan tashqari parlament saylovlari qanday sharoitda o‘tmoqda?
09:53 / 28.11.2025
Yuridik universitetda fakultet dekanlari saylov asosida 2 yilga tayinlanadi
10:46 / 24.11.2025
Serb Respublikasida saylovlar: separatistlar nomzodi g‘alaba qozondi
15:30 / 11.11.2025