Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp saylovlarga ta’sir o‘tkazishga urinishda gumonlangan 77 kishini afv etdi
AQSh prezidenti 2020 yilgi saylov natijalariga ta’sir o‘tkazishga urinishda aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan deyarli 80 nafar kishini afv etdi. Afv etilganlar orasida Trampning sobiq advokati Juliani va Oq uy ma’muriyatining sobiq rahbari ham bor.
Foto: Jonathan Ernst/REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining 2020 yilgi prezidentlik saylovlari natijalariga ta’sir o‘tkazishga urinishda gumon qilingan deyarli 80 nafar tarafdorini afv etdi. 10 noyabrga o‘tar kechasi AQSh Adliya vazirligi huzuridagi afv masalalari bo‘yicha prokuror Edvard Martin afv etilganlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatga Trampning sobiq advokati va Nyu-York shahri sobiq meri Rudi Juliani hamda yana 76 kishi kiritilgan.
«Ushbu farmon 2020 yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin Amerika xalqiga nisbatan sodir etilgan milliy noqonuniylikni tuzatadi», — dedi Martin. Unga ko‘ra, afv «milliy yarashtirish» jarayonini davom ettiradi.
Bundan tashqari, ro‘yxatga Oq uy ma’muriyatining sobiq rahbari Mark Medouz va Trampning mag‘lubiyatini rasman tasdiqlanishini oldini olish bo‘yicha strategiyalar taklif etgan Jon Istman ham kiritilgan. Shuningdek, Trampning avvalgi maslahatchisi Boris Epshteyn va konservativ yurist Sidni Pauell ham afv etilganlar orasida. Ro‘yxatda o‘nlab respublikachi faollar bor.
Hujjatda afv «to‘liq, mutlaq va sharsiz» ekani qayd etilgan. Trampning o‘zi ro‘yxatga kiritilmagan. U afv hujjatini aniq qachon imzolagani ochiqlanmagan.
AFP ta’kidlashicha, mazkur afv ko‘proq ramziy xarakterga ega. Ro‘yxatga kiritilganlardan hech biri federal darajada — prezident afvi tatbiq etiladigan darajada — jinoyat sodir etganlikda ayblanmagan, ammo bunday qaror ularga nisbatan kelgusida jinoyat ishi qo‘zg‘atish imkoniyatini istisno qiladi. Shu bilan birga, ular shtatlar darajasidagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin.
Mavzuga oid
10:41
CNN: “Tugamas urush” Tramp uchun siyosiy yukka aylanmoqda, Yevropa muzokaralar tanazzulidan xavotirda
09:59
AQSh Venesuela sohillari yaqinida juda yirik neft tankerini musodara qildi
09:10
Yevropa yetakchilari Tramp bilan Ukraina bo‘yicha tinchlik yo‘llarini izlamoqda
08:59