Farmonga köra, Toşkent davlat yuridik universitetida ta’lim – tadqiqot – amaliyot integratsiyasini ta’minlaş maqsadida sohaviy fakultetlar tizimi yangiça tarzda şakllantiriladi. Yangi tizim quyidagilardan iborat böladi:
- akademik departamentlar;
- tadqiqot markazlari;
- amaliyot va karera markazlari.
Universitet kafedralari negizida akademik departamentlar taşkil etiladi hamda ular tarkibida şu’balar faoliyat yuritadi. Şu’balar professor-öqituvçilar tarkibidan şakllantiriladi va ularning rahbarlari kafedra mudirlariga tenglaştiriladi.
Tadqiqot markazlari esa fakultetlar yönalişidan kelib çiqib ilmiy xodimlardan taşkil topadi va huquqni qöllaş amaliyotida yuzaga kelayotgan muammo va kamçiliklarni ilmiy yondaşuvlar asosida örganiş bilan şuğullanadi.
Muhim yangilik şundaki, endilikda fakultet dekanlari, akademik departament boşliqlari, markazlar rahbarlari saylaş amaliyoti orqali 2 öquv yiliga saylanadi. Şu bilan birga, bir şaxs uşbu lavozimlarga surunkasiga 2 muddatdan ortiq saylanişiga yöl qöyilmaydi.
Şuningdek, akademik departamentlar boşliqlari va markazlar rahbarlari fakultet dekani örinbosarlari hisoblanadi.
Mazkur özgarişlar universitetda boşqaruvni demokratlaştiriş, mas’uliyat va şaffoflikni oşiriş, şuningdek, yuridik ta’limda ta’lim, ilmiy tadqiqot va amaliyot örtasidagi uzviy boğliqlikni kuçaytirişga qaratilgani ta’kidlanmoqda.

















