Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eron portlarini qamal qilishni boshlaydi
AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi blokadasi Fors ko‘rfazi va O‘mon ko‘rfazidagi barcha Eron portlarini qamrab oladi. Shu bilan birga, amerikalik harbiylar boshqa mamlakatlar kemalari Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tishiga to‘sqinlik qilmasligi qayd etilgan.
Foto: Stringer/REUTERS
AQSh qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) prezident Donald Tramp farmoniga muvofiq, 13 aprel kuni Vashington vaqti bilan soat 10:00 (Toshkent vaqti bilan 19:00)dan boshlab, Eron portlari va sohilbo‘yi hududlariga kirayotgan hamda u yerdan chiqib ketayotgan barcha kemalarga nisbatan blokada boshlanishini ma’lum qildi.
Xabarda Eron portlariga (Fors ko‘rfazi va O‘mon ko‘rfazidagi portlar ham) borayotgan va bu portlardan chiqayotgan barcha kemalar qaysi mamlakatga mansubligidan qat’i nazar bloklanishi qayd etilgan.
Shu bilan birga, AQSh boshqa mamlakatlarning kemalari Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishiga to‘sqinlik qilmasligi ma’lum qilingan.
Prezident Donald Tramp 12 aprel kuni AQSh harbiy-dengiz kuchlari «Ho‘rmuz bo‘g‘oziga kirishga yoki undan chiqishga urinadigan barcha kemalar istisnolarsiz bloklanishi» haqida ma’lum qilgandi. U shuningdek flotga bo‘g‘ozdan o‘tish uchun Eronga to‘lov qilgan kemalarni aniqlash va qo‘lga olishni buyurgandi.
AQSh va Eron o‘rtasida Pokistonda bo‘lib o‘tgan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, shuningdek Trampning «dengiz blokadasi»ni boshlash qarori fonida Brent nefti yana bir barrel uchun 100 dollardan oshdi.
Mavzuga oid
21:42 / 14.04.2026
Eron beshta arab davlatidan tovon puli to‘lanishiga erishmoqchi
15:25 / 14.04.2026
WSJ: Saudiya AQShdan Eron bilan muzokaralarga qaytishni talab qilmoqda
10:10 / 14.04.2026
AQSh vitse-prezidenti: Eron keyingi yo‘lni o‘zi tanlaydi
08:06 / 14.04.2026