Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
Foto: Red Wings
Rossiyaning Red Wings Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshira boshlaydi, deb xabar bermoqda Spot.
Kompaniyadan xabar berishlaricha, may oyidan boshlab Moskvadagi «Domodedovo» aeroportidan Navoiy, Namangan va Farg‘onaga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi.
Bu O‘zbekiston va Rossiya avvalroq mamlakatlar o‘rtasidagi reyslar sonini keskin oshirish to‘g‘risida kelishib olganidan so‘ng ro‘y beryapti.
Reyslar dushanba (Farg‘ona), payshanba (Namangan) va juma (Navoiy) kunlari Airbus A321 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Chiptalar sotuvga chiqarilgan va bir tomonga 9,5 ming rubldan boshlanmoqda (1,2 mln so‘m).
Mavzuga oid
00:04
Eron tashqi ishlar vaziri Rossiyaga boradi
22:54 / 25.04.2026
Suriyaning yangi hukumati Rossiyani Xmeymim aviabazasidan chiqarib yubormoqchi
10:28 / 25.04.2026
AQSh Rossiya va Eron neftiga berilgan vaqtinchalik yengillikni bekor qilmoqchi
12:03 / 23.04.2026