Jahon | 00:04 / 27.04.2026
5508
2 daqiqa o‘qiladi

Eron tashqi ishlar vaziri Rossiyaga boradi

Eronning Rossiyadagi elchisi Kozim Jaloliyning so‘zlariga ko‘ra, Abbos  Aroqchi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi.

Foto: RIA Novosti

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi 27 aprel kuni Rossiyaga boradi. Bu haqda Eronning Rossiyadagi elchixonasi xabar qildi

"Aroqchi Moskvaga tashrifi davomida Rossiya rasmiy shaxslari bilan Eron-AQSh muzokaralarining hozirgi holati, o‘t ochishni to‘xtatish shartlari va tegishli masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazadi hamda RF hukumatiga ushbu muzokaralar to‘g‘risida ma’lumot beradi", - deyiladi xabarda.

Eronning Rossiyadagi elchisi Kozim Jaloliyning so‘zlariga ko‘ra, Abbos  Aroqchi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashadi.

Bu ma’lumotni Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham tasdiqladi.

Juma kuni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSh bilan tinchlik muzokaralarini qayta boshlash bo‘yicha takliflarni muhokama qilish uchun Pokistonga keldi.Biroq tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Eron rasmiylari AQSh vakillari bilan uchrashishni rejalashtirmayotganini aytdi. Kotibning so‘zlariga ko‘ra, Eronning taklif va xavotirlari Pokiston orqali yetkaziladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp ham Eron ularning talablarini qondirishga qaratilgan taklif berishini aytdi. Biroq taklif aynan nimadan iborat ekanini hali bilmasligini bildirdi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid