Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqamli texnologiyalar vaziri UzIMEI tizimidagi muammolar yuzasidan so‘rovga javob qaytardi
Iyul oyida senatorlar raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovga UzIMEI tizimidagi byurokratiya va texnik muammolar yuzasidan so‘rov yo‘llagandi. Vazir bergan javobida byurokratik talablarni yumshatish bo‘yicha choralar belgilangani aytilgan, lekin ular nimalardan iborat ekani ochiqlanmadi.
Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi
2025 yilning 8 iyul kuni Senatning budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Qobil Tursunov Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov nomiga IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishdagi muammolar yuzasidan senator so‘rovi yuborgandi. Unda IMEI2 kodni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, “BIRDA” ilovasi va UzIMEI.uz, my.gov.uz saytlaridagi muammolarni bartaraf etish, shuningdek, ortiqcha talablarni yumshatish bo‘yicha ma’lumot berish so‘ralgandi.
Senat matbuot xizmati 12 sentabrda vazirning rasmiy javobini e’lon qildi. Unda UzIMEI tizimining huquqiy asoslari, xalqaro tajribalar va erishilgan natijalar keltirilgan bo‘lsa-da, byurokratik talablarni yumshatish bo‘yicha qanday choralar belgilangani ochiqlanmagan.
Vazirlik ma’lumotida O‘zbekistonga 2019–2024 yillarda mobil qurilmalar importi 6,2 barobarga oshgani, bojxona to‘lovlari esa 37,5 mlrd so‘mdan 621,2 mlrd so‘mga yetgani qayd etilgan. Shu bilan birga, jismoniy shaxslar deklaratsiyasiz olib kirgan qurilmalar uchun to‘lanadigan qo‘shimcha xarajatlar IMEI-kod ro‘yxatga olish bilan bog‘liq emas, balki bojxona to‘lovlari hisobidan kelib chiqishi ta’kidlangan.
Shuningdek, vazirlik UzIMEI.uz, my.gov.uz saytlari va “BIRDA” ilovasidagi texnik muammolar tezkor bartaraf etilayotganini ma’lum qildi. Keyinchalik IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish va ortiqcha talablarni yumshatish yuzasidan choralar ko‘rilishi aytilgan, ammo ularning aniq mazmuni yoritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Iphone narxlari oshgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar Kun.uz o‘tkazgan o‘rganishlarda o‘z tasdig‘ini topgandi. Bu “kulrang” import sxemalari orqali kirib kelayotgan telefonlarni UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari oshgani bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
17:56 / 24.07.2025
🔴 LIVE: Qimmat benzin, sharoiti yo‘q poyezdlar va muammoli UzIMEI - Iste’molchi huquqi himoya qilinyaptimi?
18:57 / 16.10.2024
Startap loyihalar ekotizimini rivojlantirish haqidagi prezident qarori imzolandi
10:37 / 10.05.2024
“O‘lchab bo‘lmaydigan narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi!” – qarorlar qabul qilishda ma’lumotlarning o‘rni haqida suhbat qilindi
18:33 / 02.02.2024