«Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini taşkil etiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (International Digital Technology Center – «ENTERPRISE UZBEKISTAN») taşkil etildi.
2024 yil 1 iyundan 5 yilgaça bölgan muddatga Markazda xorijiy kompaniyalar uçun qöllaniladigan maxsus huquqiy rejim eksperiment tariqasida joriy qilinadi.
Şuningdek, Markaz hududida eksperiment tariqasida quyidagi sohalarda maxsus huquqiy rejim joriy etiladi:
- raqamli texnologiyalar sohasida innovatsiyalar, xizmatlar va biznes mahsulotlarini işlab çiqiş va sinovdan ötkaziş böyiça «tartibga soliş qumdoni»ni joriy etiş;
- bojxona va soliqqa tortiş;
- mehnat munosabatlari;
- moliya va bank faoliyati;
- şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş va ularni himoya qiliş;
- davlat xizmatlarini körsatiş;
- intellektual mulkni himoya qiliş;
- tijorat va fuqarolik nizolarini körib çiqiş.
Bunda Raqamli texnologiyalar vazirligi maxsus huquqiy rejimni joriy etiş böyiça vakolatli organ hisoblanadi.













