O‘zbekiston | 18:35 / 26.04.2018
134061
1 daqiqa o‘qiladi

«Toshkentda o‘tirishga hech kimga ruxsat bermayman» - Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar berdi.

“Buxoroda bo‘lgan yig‘ilishning natijasidan Toshkentda o‘tirgan hamma rahbarlar xulosa qilsin. Juda ko‘p odam hayfsan olgan, ishdan ham ketadi. Toshkent shahar hokimiga ham bosh vazirdan boshlab, hamma o‘rinbosarlari, hamma vazirlar yordam beradi. 

Yaqinda qaror chiqadi: bundan buyon Toshkentda o‘tirgan hamma rahbar, vazirlarning 70 foiz hayoti viloyatda o‘tadi. Toshkentda o‘tirishga hech kimga ruxsat bermayman. 32 mln xalqni ichida 2,5 mln Toshkent, qolgan hammasi viloyat. Odamlarimiz qanday ahvolda yashayotganini televizordan ko‘ryapsizlar: chakki tomayotgan, suvi yo‘q, gazi yo‘q, kanalizatsiya yo‘q, chirog‘i yo‘q...”, - dedi prezident.

Mavzuga oid