Jahon | 19:50 / 22.03.2018
44660
2 daqiqa o‘qiladi

Nima uchun Amerikada yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolalarning yarmidan ko‘pi xatna qilingan?

Foto: Getty Images

Butun G‘arb bo‘ylab sog‘lomlashtirish va estetik normalar u qadar katta farq qilmaydi. Biroq o‘g‘il bolalarning xatna qilinishi bundan istisno. The Economist nashrida keltirilishicha, Amerikada tug‘ilgan o‘g‘il bolalarning yarmidan ko‘pi xatna qilingan, Finlyandiya yoki Buyuk Britaniyada esa bu ko‘rsatkich 2-3 foizni tashkil qiladi. Amerikada bu jarayon sog‘liq uchun foydali hisoblanadi. 

Xatna qilish G‘arb mamlakatlarida XIX asr oxiriga kelib keng tarqala boshlandi. U go‘yoki bosh og‘rig‘idan to sil kasalligigacha bo‘lgan salomatlik bilan bog‘liq muammolarning oldini oladi, deb hisoblangan. Ikkinchi jahon urushidan keyin xatna qilish Amerikada gigiyena bilan bog‘langan va ayrim holatlarda badavlatlik belgisi hisoblangan. 

Bugunga kelib amerikalik o‘g‘il bolalarning 80 foizdan ziyodi xatna qilingan. Ota-onalar o‘quv dargohlaridagi yechinish xonalarida xatna qilinmagan o‘g‘il bolalarning ustidan kulishlaridan xavotirdalar, shuning uchun otalar farzandlari boshqalardan qolishmasligi uchun xatna qildirishadi. 

Amerikalik shifokorlar yangi farzandni dunyoga keltirgan onalarga uyga qaytishdan avval o‘g‘illarini xatna qilishni taklif qilishadi. Sug‘urtachilar hatto buning uchun pul ham to‘lashadi, shunday ekan, talabgorlar yetarlicha. Amerika pediatriya akademiyasida ta'kidlanishicha, xatna qilishning xavfidan ko‘ra afzallik tomonlari ko‘p. Shuning uchun aksariyat ota-onalar o‘g‘illarini xatna qildirish tarafdori. 

Yevropa shifokorlar assotsiatsiyasi boshqacha nuqtai nazar tarafdori. Shimoldagilar xatna qilishning o‘g‘il bolalar sog‘lig‘iga foydasi yo‘q deya ta'kidlashadi. Ular bu jarayonni bolaning jismoniy salomatligiga ziyon yetkazish deb qarashadi.

Mavzuga oid