«Manzil»ning qişloqlardan, toğ-u toşlardan boşlangan yöli bu gal okean ortiga, Amerika Qöşma Ştatlariga olib bordi. Bu galgi sayohat köpçilik körişni orzu qiladigan Nyu Yorkdan boşlanib, Pitsburg, Pensilvaniya örmonlari orqali Vaşington şahrigaça davom etdi.
Nyu York – megapolis içidagi yaşil hudud
Sayohatning ilk manzili – Nyu-York. Köpçilik «dunyo poytaxti» deb biladigan bu şahar nafaqat ulkan binolari, balki şaharning qoq markazida joylaşgan Central Park kabi yaşil hududlari bilan ham ajralib turadi. 8,5 million aholiga ega megapolis markazida 341 gektar maydonni egallagan mazkur park sun’iy yaratilgan bölsa-da, tabiiy muhitga yaqin saqlangan.
Sayohat kuz fasliga töğri keldi, bu vaqtda sarğiş barglar bilan qoplangan köçalar şaharga öziga xos manzara va xotirjamlik bağişlagandi.
Çekka qişloq bilan uzilmagan aloqa
Amerika bilan Özbekiston örtasida 10 soatlik vaqt farqi mavjud. Loyiha muallifi Tohirjon Tursunov oilasi çekka tumanning olis qişloğida yaşasa-da, sayohat davomida Özbekistondagi yaqinlar bilan aloqa uzilmadi. «Öztelekom» internet sifatining çekka hududlarda ham barqaror işlaşi – mamlakatdagi raqamli infratuzilmaning rivojlanayotganini körsatadi. Darvoqe, «Öztelekom»ning AQŞdagi rouming xizmati ham bu aloqaning bir qismi böldi. Amerikaga sayohat qiluvçilarga «Öztelekom» rouming xizmatini tavsiya e’tib qolamiz.
Pitsburg – sanoat tarixi va özbeklar hayoti
Nyu Yorkdan keyingi manzil – Pensilvaniya ştatida joylaşgan Pitsburg şahri böldi. Allegeyni va Monongaxila daryolari qöşilib, Ohayo daryosini hosil qiladigan nuqtada joylaşgan bu şahar tarixan AQŞning temir sanoati markazi hisoblangan. Şu sababli u Steel City nomi bilan ham maşhur.
Bu yerda «Manzil» jamoasini asli namanganlik Ibrohim Muhammad kutib oldi va Pitsburg şahri, u yerdagi özbekistonliklar bilan tiniştirdi. Özbeklar tomonidan oçilgan oşxonalarda mehmon böldik.
Aytiş mumkinki, şaharda özbek diasporasi kattagina. Sönggi yillarda özbeklar oçgan oşxona va kafelar soni ortmoqda. Milliy taomlar orqali mahalliy aholiga özbek oşxonasi taniştirilmoqda.
Trakdagi sayohat: yaxşi haq tölanadigan oğir mehnat











