1985 yilning bahori. SSSRning Vaşingtondagi elçixonasiga bir odam keladi va qöriqçiga «Amerika uçun işlayotgan KGBning yuqori lavozimli uç xodimi haqida ma’lumot bermoqçiman», deb aytadi. Dastlab, sovetlar bu harakatni çalğitiş uçun qilingan navbatdagi hiyla sifatida baholaşadi. Ammo, kelgan odamning şaxsi aniqlaştirilganda, u MRBning SSSR va Şarqiy Yevropa bölimidagi eng nufuzli xodimlardan biri – Oldriç Eyms ekani oydinlaşdi.
Bundan bir neça kun oldin Amerika tomoni «eng xavfli xoin» sifatida tavsiflaydigan öşa maşhur Eyms 84 yoşda olamdan ötdi. U umrining sönggi 31 yilini qamoqda ötkazdi. Xöş, MRBning SSSR böyiça boş kontrrazvedkaçisi nega ruslar tomonga ötib ketgandi?
Oldriç Eyms kim?
Oldriç Eyms 1941 yil 26 mayda Viskonsin ştatidagi River-Folls şahrida tuğilgan. Otasi ham AQŞ razvedkasi xodimi edi. Oldriç dastlab litseyda, keyinçalik Jorj Vaşington universitetining tarix fakultetida tahsil oladi. Uning MRBdagi faoliyati 1962 yildan boşlanadi. Eyms uzoq vaqt davomida xavfsizlik tizimida öz örnini topa olmaydi: tahliliy işga moyil bölsa-da, undan operativ xodim sifatida foydalanişadi. Oldriçga xorijdagi birinçi topşiriğini Turkiyada bajariş vazifasi yuklatiladi. Bu yerda u sovet fuqarolarini josuslikka yollaş bilan şuğullanişi kerak edi. Bu orada razvedkaçi spirtli içimliklarga ruju qöyadi va bu omil karerasiga ham ta’sir qila boşlaydi. Hatto 1976 yilda maxfiy hujjatlar bilan töla portfelni metroda qoldirib ketadi. Unga özini körsatiş uçun 1981 yilda yana bir imkon beriladi va Meksikaga işga yuboriladi. Ammo, mast holda avtomobil boşqarib avariyaga uçraşi, elçixonadagi diplomatik qabulda kubalik rasmiy bilan içkilikbozlik sabab kelib çiqqan janjal natijasida yana ortga qaytariladi. Bir qança muvaffaqiyatsizliklarga qaramay Eymsning omadi keladi va rus tilini mukammal bilgani sababli uni 1983 yilda Sovet operatsiyalari böyiça kontrrazvedka bölimi boşliği etib tayinlaşadi, bu esa Oldriçga MRBning maxfiy faoliyatiga oid keng qamrovli ma’lumotlarga kiriş imkonini beradi.
KGB bilan hamkorlik
1985 yil 16 aprel kuni Oldriç töğridan töğri Vaşingtondagi SSSR elçixonasiga boradi. Içkariga kirgaç, qabulxona xodimiga bir neçta Amerikaga sotilgan agentlarning ismlari yozilgan konvert, MRB içki xodimi sifatidagi hujjati va 50 ming dollar xizmat haqi tölovi yozilgan qoğozni beradi. U Senatga bergan hisobotida dastlab buni moliyaviy qiyinçilikdan çiqişning bir martalik yöli deb hisoblaganini, ammo tez orada qizil çiziqni kesib ötgani va ortga qayta olmasligini anglaganini aytgan.


















