Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat qarori loyihasi: maktabgacha ta'limda DXSh yanada rag‘batlantiriladi
Foto: O‘zA
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi mumkin.
Maxsus hisobvaraq mablag‘laridan ustuvor ravishda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligida shakllantirilgan tuzilgan bitimlarning yagona reyestriga kiritilgan tadbirkorlik sub'yektlarining davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etishni nazarda tutuvchi loyihalarini moliyalashtirish maqsadida foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat-xususiy sherikchiligini rag‘batlantirish tadbirlarini moliyalashtirish uchun ajratilishi rejalashtirilgan mablag‘lar doirasida tadbirkorlik sub'yektlariga ajratiladigan kredit mablag‘lari bo‘yicha hududlar kesimida oyma-oy taqsimot qilingan reja-grafikni tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tijorat banklari bilan birgalikda imtiyozli kredit mablag‘larini olish uchun tijorat banklariga murojaat qilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda garov ta'minotiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub'yektlarni xatlovdan o‘tkazadi hamda xatlov natijalariga ko‘ra kredit miqdori ko‘rsatilgan holda ajratiladigan imtiyozli xususiy sheriklarning ro‘yxatini Moliya vazirligiga taqdim etib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatga muvofiq tijorat banklari bilan 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga foizsiz mablag‘ ajratish to‘g‘risida o‘rnatilgan tartibda shartnomalar tuzadi.
Maxsus hisobvaraqdan tijorat bankiga mablag‘ ajratish bo‘yicha shartnomalarda bank ushbu mablag‘lardan tadbirkorlik sub'yektlariga mazkur Nizomda nazarda tutilgan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida kredit berish uchun foydalanishi qat'iy belgilanadi.
Tijorat banklari tadbirkorlik sub'yektlariga beriladigan kredit qiymatining 30 foizgacha bo‘lgan miqdorda avans to‘lovi uchun, keyinchalik esa obektda haqiqatda bajarilgan ishlardan kelib chiqib moliyalashtirish talabnomasini shakllantiradi va Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Maxsus hisobvaraqdan tijorat banklariga tadbirkorlik sub'yektlarining loyihalariga kredit uchun ajratiladigan mablag‘lar kredit ajratish muddatiga qarab, tegishli balans hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan buyurtmalarga asosan kredit ajratish uchun ushbu mablag‘larni tijorat banklarining alohida balans hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish maxsus hisobvaraqdan tijorat banklariga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlariga 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga yillik 1 foiz stavkada imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlariga kreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, ta'minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
Tijorat banklari maxsus hisobvaraqdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan berilgan imtiyozli kreditlar va ularning maqsadli sarflanishi yuzasidan belgilangan tartibda Moliya vazirligiga hisobot topshiradi.
Maxsus hisobvaraq mablag‘lari hisobidan ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi tijorat banklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan birgalikda doimiy ravishda monitoring qilib boriladi.
Tijorat banklari tomonidan maxsus hisobvaraqdan jalb etilgan mablag‘larni qaytarish, tijorat banklari va tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasida tuzilgan grafik asosida amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan kredit mablag‘lari o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda jalb etilgan mablag‘lar tijorat banklari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan maxsus hisobvaraqga qaytariladi.
Maxsus hisobvaraq mablag‘larini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
maxsus hisobvaraq tushumi va xarajatlari prognozini manbalar, hududlar va choraklar bo‘yicha tayyorlaydi, uning bajarilishini tahlil qiladi va monitoringini yuritadi;
maxsus hisobvaraq mablag‘larining tushishi va taqsimlanishi hisobini yuritadi, mazkur Nizom va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xarajatlarni amalga oshiradi, maxsus hisobvaraq budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzadi.
Mavzuga oid
19:24 / 07.04.2026
Toshkent viloyatida bolani uxlamagani uchun haqoratlab, urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
12:58 / 13.03.2026
Maktabgacha ta’limda ishlovchi pedagoglar uchun dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi
08:25 / 26.02.2026
Jizzaxda ta’lim tizimi rahbari pora bilan qo‘lga tushdi
08:35 / 09.02.2026