Ma’lum bo‘lishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga uning rahbaridan 4,8 million so‘m miqdorida pora talab qilgan.

Manbalarga ko‘ra, mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini tamagirlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, dastlabki tergov jarayonida ushbu shaxsning Jinoyat kodeksining 167-, 209- va 243-moddalarida nazarda tutilgan boshqa noqonuniy harakatlari ham aniqlangani ma’lum qilindi.

Tergov davom etmoqda.