Loyihaga köra, davlat va nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida işlayotgan pedagoglar tölov-şartnoma asosida öqiş imkoniyatiga ega böladi. Dual ta’lim şaklida ta’lim oluvçilar haftaning bir kuni pedagogika oliy ta’lim taşkilotida, beş kuni esa maktabgaça ta’lim muassasasida faoliyat olib boradi.
Şuningdek, maktabgaça ta’lim yönalişi böyiça dual ta’lim şaklida bakalavrlar tayyorlaş yölga qöyilişi rejalaştirilgan pedagogika oliy ta’lim taşkilotlari röyxati ham e’lon qilindi.
Mazkur yönalişga hujjat topşiruvçi abituriyentlar har yili 5 iyundan 25 iyungaça bir bosqiçda röyxatdan ötkaziladi. Röyxatdan ötiş jarayonida ular ta’lim yönalişi, ta’lim tili va test topşiriş hududini tanlaydi.








