Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyalik san'atkorlar guruhi «Istiqlol» san'at saroyida konsert beradi
Foto: Madaniyat vazirligi
24 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va O‘zbekistondagi Gruziya elchixonasining elchisi Konstantin Jgenti bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Unda elchi Konstantin Jgenti joriy yilning dekabr oyida «Ulichnyye muzykanty» musiqa guruhi Olmaliq shahrida va «Istiqlol» san'at saroyida konsert tomoshasi tashkil etishini bildirdi. Shuningdek, 2018 yil O‘zbekiston madaniyat kunlarini Gruziyada o‘tkazish taklifini berdi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 23-28 may kunlari O‘zbekiston Respublikasida Gruziya madaniyati kunlari o‘tkazilgandi. Madaniyat kunlari doirasida, Gruziya kinosi kunlari, mashhur gruzin rassomi Nikko Pirosman asarlari ko‘rgazmasi, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida «Ulichnyye muzykanty» musiqa guruhi konsertlari namoyishlari tashkillashtirilgandi.
Mavzuga oid
20:28 / 12.01.2026
Antikorrupsiya agentligi hukumatdan Ozodbek Nazarbekovga chora ko‘rishni so‘radi
07:32 / 19.08.2025
Rossiyaning «Comedy Club» teleshousi O‘zbekistonda taqiqlangani ma’lum bo‘ldi
00:26 / 14.05.2025
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
21:42 / 08.04.2025