O‘zbekiston | 13:48 / 24.04.2021
2214
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganlik tadbirkor 50 sotix yerdan 50 tonna hosil olyapti 

Foto: KUN.UZ

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi Elmurod Qosimov aka-ukalari bilan birgalikda 50 sotix yer maydonida zamonaviy issiqxona barpo qilib, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan.

Tadbirkorning issiqxonasida yetishtirilayotgan bodringlar ayni kunda nafaqat tuman balki Toshkent bozorlariga ham yetkazib berilmoqda.

«Dastlab 10 sotix yer maydonidan boshlagan bo‘lsak, hozir mana 50-60 sotix joyga yetkazdik. Issiqxonamiz issiqlik tarmog‘i bilan ta'minlangan. Ayni kunda aholiga 50 tonnagacha bodring yetkazib beryapmiz», — deydi Elmurod Qosimov.

Qahramonimiz ushbu tadbirkorligini tuman davlat xizmatlari bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tkazdi. Hozirda hujjat ishlari anchayin yengillashtirilganidan mamnun.

«Avvallari chindan ham tadbirkorlar bir hujjatni rasmiylashtirgunicha ancha ovvoragarchilik bo‘lardi. Hozirgi kunda mana DXM ochilgani biz kabi tadbirkorlarga yengillik beryapti. Ularga hujjatlarni taqdim qilishimiz bilan, o‘rganib yordam berishyapti», —deydi u.

Mavzuga oid