Toşkent şahri va atrof hududlarda atmosfera havosi sifatiga salbiy ta’sir körsatayotgan issiqxonalar faoliyatini nazorat qiliş maqsadida ötkazilayotgan ekologik reydlar Qibray tumanida davom ettirildi.
Maxsus komissiya rahbariyati tomonidan tumandagi bir qator issiqxonalar faoliyati örganilib, ekologik talablarga rioya etiliş holati muhokama qilindi. Tekşirişlar çoğida ayrim issiqxonalarda filtr uskunalarining yöqligi yoki standart talablariga javob bermasligi aniqlandi.

Tumandagi issiqxonalardan birida filtr uskunalarini örnatişga kömaklaşiş yuzasidan mas’ul taşkilot va mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berildi. Şuningdek, Obod mahallasida joylaşgan issiqxonalar hamda qölbola usulda örnatilgan qozonlar holati közdan keçirilib, ularga zarur filtrlarni örnatiş vazifasi belgilandi.
Reydlar davomida ayrim xöjalik obektlarida atrof-muhitga salbiy ta’sirni kuçaytiruvçi, filtrsiz işlayotgan qurilmalar aniqlandi. Uşbu holatlar böyiça xöjalik rahbarlari bilan tuşuntiriş işlari olib borilmoqda va qisqa muddat içida ekologik talablarga mos filtrlar örnatiş, iş jarayonida me’yorlarga qat’iy rioya qiliş yuzasidan körsatmalar berildi.

Komissiya işçi guruhi tomonidan ötkazilayotgan reydlar samaradorligi tanqidiy tahlil qilinib, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça mutasaddilarga qöşimça vazifalar yuklatildi. Berilgan topşiriqlar ijrosi belgilangan tartibda qat’iy nazoratga olingani ta’kidlanmoqda.








