Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev «Rosatom» rahbari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Prezident Rossiyaning «Rosatom» atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni Rossiyaning «Rosatom» atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi.
O‘zbekistonda integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini qurish loyihasini ro‘yobga chiqarishning amaliy jihatlari, shuningdek, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish borasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.


O‘tgan yilning oktyabr oyida birinchi kam quvvatli reaktor binosi uchun poydevor qo‘yish ishlari boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Elektr stansiyani loyihalashtirish ishlari davom etmoqda.
Bundan tashqari, o‘tgan yili «MMFI» milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkentdagi filiali negizida atom energetikasi va yadro texnologiyalari bo‘yicha ilg‘or muhandislik maktabi ishga tushirildi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi va tibbiyotda yadro texnologiyalarini qo‘llash, sohada malakali kadrlarni tayyorlash, fanni rivojlantirish hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish borasida hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
20:38 / 30.01.2026
Jizzaxda turizm majmualari tashkil etiladi, Arnasoy aeroporti kengaytiriladi
18:41 / 30.01.2026
Prezident huzurida “O‘zbekneftgaz”ning kelgusidagi ustuvor vazifalari ko‘rib chiqildi
14:36 / 30.01.2026
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (fotolar)
08:51 / 30.01.2026