O‘zbekiston | 11:14 / 03.10.2022
54674
1 daqiqa o‘qiladi

IIV tezkor xodimi qasddan o‘ldirilib, jasadi daryoga tashlab yuborilgan

Foto: KUN.UZ

2022 yil 29 sentabr kuni Ichki ishlar vazirligida boshqarma tezkor vakili lavozimida ishlagan xodim o‘zaro kelishmovchilik natijasida ikki nafar shaxs tomonidan qasddan o‘ldirilib, jasadi Chirchiq daryosiga tashlab yuborilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘tkazilgan qidiruv harakatlari davomida jabrlanuvchining murdasi daryodan topilgan va gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura, shuningdek, tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligini bildirdi.

Mavzuga oid