Uçraşuv içki işlar vaziri Aziz Toşpölatov, FIA'ning mobillik va turizm böyiça vitse-prezidenti Tim Şirman, FIA barqaror rivojlaniş masalalari böyiça boş kotibi Villem Gryonevald, şuningdek Özbekiston prezidentining sport böyiça maxsus vakili Odil Abdurahmonov, sport vaziri Adham Ikromov, Milliy olimpiya qömitasi rahbariyati va qator vazirlik va idoralar vakillari iştirokida ötkazildi.

Tadbirda avtosportni rivojlantiriş jamiyatda texnik savodxonlik, tezlikka mas’uliyatli munosabat va harakatda intizomni şakllantirişga xizmat qilişi ta’kidlandi. Şu bilan birga, yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Içki işlar vazirligi tomonidan aholi xavfsizligini ta’minlaş, yöl-transport hodisalarini kamaytiriş, piyodalar muhofazasini kuçaytiriş va harakat iştirokçilari madaniyatini oşirişga qaratilgan tizimli çora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Tomonlar FIA bilan hamkorlikda Özbekistonda avtosportni rivojlantiriş, FIA'ning yöl harakati xavfsizligi böyiça ilğor amaliyotlarini öquv markazlariga joriy etiş, yoşlar örtasida yöl qoidalariga rioya etiş madaniyatini oşiriş, ta’lim muassasalarida yöl harakati xavfsizligini öqitiş böyiça zamonaviy yeçimlardan foydalaniş hamda xalqaro tajriba asosida yöl infratuzilmasini takomillaştiriş masalalarini keng muhokama qildi.

Uçraşuv yakunida tomonlar avtosportni rivojlantiriş va yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etiş, şuningdek aholi örtasida yöl qoidalariga rioya etiş madaniyatini oşirişga qaratilgan istiqbolli vazifalarni belgilab oldi.












