O‘zbekiston | 12:43 / 09.05.2025
2984
1 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva barchani Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

"Bu kun biz tinch va osuda hayotimiz uchun jonini fido qilgan insonlar qahramonligi oldida bosh egamiz. Ularning jasorati va matonati millat xotirasining tayanchi, kuch-qudratimiz manbaidir", deydi prezident yordamchisi. 

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zbekistonliklarni Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.

"Bu kun biz tinch va osuda hayotimiz uchun jonini fido qilgan insonlar qahramonligi oldida bosh egamiz. Ularning jasorati va matonati millat xotirasining tayanchi, kuch-qudratimiz manbaidir.

Tarix saboqlari tinchlikning naqadar bebaho ne’mat ekanini doim yodimizga solib tursin. Barchamizga ezgulik, birdamlik, ertangi kunga ishonch yor bo‘lsin!" - deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid