Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin O‘zbekiston bosh prokurorini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi
Nig‘matilla Yo‘ldoshevning «MDH makonida qonuniylik, huquq-tartibotni mustahkamlash, fuqarolar huquqlarini himoya qilish, prokuraturalararo hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi» e’tirof etildi.
Foto: Bosh prokuratura
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Shu tariqa, Rossiya rahbari Yo‘ldoshevning «MDH makonida qonuniylik, huquq-tartibotni mustahkamlash, fuqarolar huquqlarini himoya qilish, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllarda prokuraturalararo hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Rossiya bilan strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yishga qo‘shgan ulkan hissasini» qayd etdi.
Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2019 yildan buyon O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga rahbarlik qilib kelmoqda. 2024 yil iyun oyida u ushbu lavozimga qayta saylandi.
Rossiyaning «Do‘stlik» ordeni 1994 yilda ta’sis etilgan. U bilan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari va xorijliklar xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro tushunishni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Farruh Zokirov va Sevara Nazarxonni ham «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlagandi.
Mavzuga oid
09:33
G7 Erondagi urush fonida Rossiya neftiga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilmaydi
23:30 / 11.03.2026
Makron G7 yetakchilari Rossiyadan sanksiyalarni olib tashlamaslikka kelishib olganini aytdi
19:13 / 11.03.2026
Rossiya xorijda qo‘shin qo‘llash uchun asoslarni kengaytirishi mumkin
15:45 / 11.03.2026