Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 yoshli qizini urgan ota sobiq militsiya xodimi bo‘lgan
Foto: Facebook
“O‘zbekiston” telekanalining “Uchburchak” ko‘rsatuvida 4 yoshli norasida qizaloqning o‘z otasi tomonidan urilgani va bu jarayon bevosita otaning o‘zi tomonidan telefonga tasvirga olingani namoyish etilgan edi.
Bu internet tarmog‘ining o‘zbek segmentidagi ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirdi. Ayni vaqtda otaning kimligi ma'lum bo‘lgan. U Toshkent shahri Chilonzor-8 mavzesida istiqomat qiluvchi A.X.dir. Unga nisbatan O‘zR JKning tegishli moddalariga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, u sobiq ichki ishlar idorasi xodimi bo‘lib, shu yilning oktabr oyida ishdan ketish haqida raport yozib, ishdan bo‘shagan.
Mavzuga oid
10:46 / 12.12.2025
Elektromobillar soni oshib bormoqda: Toshkent va Toshkent viloyati peshqadam
10:22 / 12.12.2025
Toshkentda Telegram orqali sintetik narkotik sotish holati fosh etildi
16:18 / 11.12.2025
Ekopolitsiya reydlari: Toshkent shahri va viloyatida minglab obektlar tekshirilmoqda
11:00 / 11.12.2025