Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamoa shartnomasi nima va uni tuzish tashabbusi bilan kim chiqa oladi?
Foto: Fotolia
1-SAVOL: Bizning firmamizni tekshirish jarayonida tekshiruvchilar bizdan jamoa shartnomasi tuzilganligi haqida so‘rashdi. Jamoa shartnomasi nima ekanligini tushuntirib bersangiz.
B.Yusupov.
JAVOB: Mehnat kodeksining 29-moddasiga muvofiq jamoa shartnomasi – korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir. U ish beruvchi bilan xodimlarning vakillik organi o‘rtasida o‘zaro kelishib olishga qaratilgan shartnoma hisoblanadi.
2-SAVOL: Meni yaqinda firmamizning kasaba uyushmasi rahbari etib saylashdi. Firmamizda jamoa shartnomasi tuzilmagan, men jamoa shartnomasini tuzish tashabbusi bilan chiqishim mumkinmi?
R.Aliyev
JAVOB: Ha, siz bunday tashabbus bilan chiqishingiz mumkin. Mehnat kodeksining 23-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, xodimlarning vakillik organlari muzokaralar olib borish, jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzish, ularning bajarilishini tekshirib turish, ish beruvchiga korxonada mehnat to‘g‘risida normativ hujjatlar tayyorlash yuzasidan takliflar kiritishga haqlidir.
Mehnat kodeksining 177-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, ish beruvchi Mehnat kodeksiga muvofiq jamoa shartnomalarni tuzishi shart.
Savollarga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuridik xizmati rahbari Davlatnazar Matrasulov javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
08:02 / 08.08.2025
Davlat tashkilotlari yuridik xizmat xodimlari reytingi joriy etiladi
15:35 / 02.05.2023
Ishlanmaydigan bayram kunlari soni 10 taga yetadi
21:12 / 30.03.2023
Davlat idoralarida qisqartirish bilan bog‘liq ishdan bo‘shatishlar vaqtincha to‘xtatildi
17:05 / 10.02.2023