Özbekistonda 11 noyabr – Kasaba uyuşmalari kuni işlanmaydigan bayram kunlari toifasiga kiritilişi kutilyapti. Tegişli qonun bugun, 2 may kuni Qonunçilik palatasi yalpi majlisida birinçi öqişda qabul qilindi (xabar yangilandi).
Qonun bilan, Mehnat kodeksining 208-moddasiga qöşimça kiritiladi. Hozirda bu moddada 9 ta işlanmaydigan bayram kunlari sanab ötilgan:
- 1 yanvar – Yangi yil;
- 8 mart – Xotin-qizlar kuni;
- 21 mart – Navröz bayrami;
- 9 may – Xotira va qadrlaş kuni;
- 1 sentabr – Mustaqillik kuni;
- 1 oktabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni;
- 8 dekabr – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni;
- Ramazon hayitining birinçi kuni;
- Qurbon hayitining birinçi kuni;
Bu röyxatga 11 noyabr – Kasaba uyuşmalari kunini ham qöşiş taklif etilyapti.
Deputatlarning aytişiça, hozirda kasaba uyuşmalari tizimi 34 mingdan ortiq boşlanğiç taşkilotlarni öz içiga oladi. Sohada 6 700 dan ziyod xodim va 300 mingga yaqin faollar xizmat qilyapti. Umuman, Özbekiston kasaba uyuşmalari öz safida 5,5 milliondan ziyod xodimlarni birlaştirgan eng yirik jamoat taşkiloti hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni 2020 yil 24 noyabrda belgilangan edi.
2021 yil 11 noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev kasaba uyuşmalari xodimlari va faollariga tabrik yöllab, 11 noyabrni mehnatkaşlar bayrami, umumxalq bayrami sifatida dam oliş kuni deb e’lon qilişni taklif qilgandi.

















