Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi va o‘zbek tilida murojaat qildi
Valid Fuk murojaatida Fransiya bilan loyihalar ishlab chiqishga, sayohat qilish yoki ta’lim olish uchun Fransiya bilan tanishishga chaqirdi.
Foto: Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi
Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Valid Fuk 27 avgust kuni o‘z vazifasini bajarishga kirishdi, deb xabar berdi elchixona matbuot xizmati.
Diplomat o‘zbek tilidagi murojaat qilib, «ming yillik madaniyati va mehmondo‘stligi bilan mashhur O‘zbekistonda ish boshlaganidan xursandligini» bildirdi.
«Siz bilan hamkorlik qilish va mamlakatlarimizning tarixiy yaqinlashuviga ko‘maklashish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiraman... Kelgusi oylarda siz bilan birga Fransiya va O‘zbekistonni bog‘lab turgan do‘stlik rishtalarini mustahkamlash va umumiy kelajakni qurish uchun barcha hududlarga tashrif buyurish niyatidaman», dedi elchi.
Valid Fuk murojaatida Fransiya bilan loyihalar ishlab chiqishga, sayohat qilish yoki ta’lim olish uchun Fransiya bilan tanishishga, O‘zbekistonda mavjud fransuz muassasalarida, xususan, Toshkent va Samarqanddagi Fransuz alyanslariga borishga chaqirdi.
Valid Fuk Parij Siyosiy tadqiqotlar institutini tamomlagan, so‘ngra Fransiya Tashqi ishlar vazirligining Strategik masalalar, xavfsizlik va qurolsizlanish boshqarmasida ishlagan (2010−2014).
Shu bilan birga, keyinchalik Fransiyaning Pekindagi elchixonasida siyosiy maslahatchi, Fransiyaning BMT doimiy vakolatxonasida siyosiy maslahatchi bo‘lib ishlagan. Shuningdek, 2020-2025 yillarda Fransiya prezidentining Osiyo, Okeaniya va Amerika bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan.
Valid Fuk yangi lavozimda 2021 yildan buyon faoliyat yuritgan Oreliya Bushez o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
18:28 / 27.12.2025
Geologiya fanlari universiteti va Fransiyaning BRGM tashkiloti bilan kelishuvga erishildi
23:22 / 25.12.2025
Jazoir fransuz mustamlakasini jinoyat deb e’lon qildi
10:00 / 25.12.2025
Makron YeI qonuni sabab kiritilgan AQSh sanksiyalarini qoraladi
14:35 / 22.12.2025