O‘zbekiston | 19:02 / 06.03.2026
2156
1 daqiqa o‘qiladi

Jazo o‘tayotgan ayollarga oliygohlarda o‘qish imkoniyati yaratiladi

Kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga jazoni o‘tab, ishga joylashgandan keyin qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.

Foto: Kun.uz

Jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan mahkumalarga oliygohlarga kirish va masofaviy o‘qish imkoniyati yaratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Ko‘ksaroy qarorgohida tashkil etilgan bayram tadbirida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan ayollarning ko‘pchiligi o‘rta ma’lumotli, kasbi yoki hunari yo‘q. Ayrimlari oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan.

Shu bois bunday xotin-qizlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha “Yangi hayot” dasturi boshlanadi. Ular 3-6 oy kasb dasturlarida o‘qitilib, sertifikat oladi.

OTMga kirmoqchi bo‘lganlar jazoni ijro etish muassasalarining o‘zida imtihon topshiradi. Kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga jazoni o‘tab, ishga joylashgandan keyin qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid