Statistikaga köra, ayollar soni böyiça hududlar orasida Samarqand viloyati yetakçilik qilmoqda. Mazkur hududda 2 mln 172,4 ming nafar ayol istiqomat qiladi.

Ikkinçi örinni Farğona viloyati egallagan bölib, bu yerda 2 mln 91,2 ming nafar ayol yaşaydi. Uçinçi örinda esa 1 mln 831,6 ming nafar körsatkiç bilan Qaşqadaryo viloyati qayd etilgan.

Şuningdek, Andijon viloyatida 1 mln 737,4 ming nafar, Toşkent şahrida 1 mln 616,9 ming nafar, Toşkent viloyatida 1 mln 574,3 ming nafar va Namangan viloyatida 1 mln 568,5 ming nafar ayol istiqomat qiladi.

Bundan taşqari, Surxondaryo viloyatida 1 mln 486,6 ming nafar, Buxoro viloyatida 1 mln 50,4 ming nafar, Xorazm viloyatida 1 mln 32,3 ming nafar hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida 1 mln 21,7 ming nafar ayol röyxatga olingan.

Qolgan hududlarda ayollar soni quyidagiça: Jizzax viloyatida 776,0 ming nafar, Navoiy viloyatida 548,7 ming nafar va Sirdaryo viloyatida 471,0 ming nafar.

Mutaxassislar qayd etişiça, ayollar sonining hududlar kesimida turliça bölişi aholi soni, demografik holat va urbanizatsiya darajasi bilan boğliq.