O‘zbekiston | 10:11 / 31.07.2018
7653
4 daqiqa o‘qiladi

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qanday ishlarni ko‘rib chiqadi?

Foto: Pixabay

MJTKda Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga taalluqli ishlar toifasi belgilandi, shuningdek uning xodimlari qonuniy faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilganlik uchun jarima joriy etildi. Tuzatishlar 23.07.2018 yildagi O‘RQ–486-son Qonun bilan kiritildi, deb yozmoqda Norma.

Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlariga quyidagi toifadagi ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir:
 
• ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida: 65, 66, 67, 68, 69-moddalari – qishloq xo‘jaligi yerlari bilan bog‘liq qismida, 72-moddasi, 74-moddasining 2 va 3-qismlari, 75, 76-moddalari – sun'iy suv inshootlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanishga oid qismida, 87-moddasi – qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilishi texnikasiga oid qismida, 89 va 891-moddalari – qishloq va suv xo‘jaligi, shuningdek oziq-ovqat xavfsizligiga oid qismida, 92-moddasi – naslchilikka oid qismida, 95-moddasi – qishloq xo‘jaligiga oid qismida;
 
• qishloq xo‘jaligida, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish: 104-1, 104-2-moddalari, 107-moddasi – qishloq xo‘jaligiga oid qismida, 112-moddasi – qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilishi texnikasiga oid qismida;
 
• transportda, yo‘l xo‘jaligi va aloqa sohasida: 136, 139, 140, 141-moddalari – qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilishi texnikasiga oid qismida;
 
• savdo, tadbirkorlik va moliya sohasida: 172, 173, 176-1-moddalari – qishloq va suv xo‘jaligi, shuningdek oziq-ovqat xavfsizligiga oid qismida;
 
• belgilangan boshqaruv tartibiga tazyiq o‘tkazuvchi: 197-3-moddasi, 200, 212, 213, 214, 227-14-moddalari – qishloq va suv xo‘jaligi, shuningdek oziq-ovqat xavfsizligiga oid qismida. 
 
Inspektsiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, Inspektsiya hududiy boshqarmalarining hamda tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlarining boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari Inspektsiya nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi va ma'muriy jazolarni qo‘llaydi.

Quyidagi tarzda ifodalangan Inspektsiya organlari xodimining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik va uning talablarini bajarmaganlik uchun ma'muriy javobgarlik joriy etildi:

• dalolatnomalarni va boshqa zarur hujjatlarni, materiallarni va ma'lumotlarni taqdim etishni; tekshirishlar, taftishlar o‘tkazishni, mutaxassislar ajratishni rad etish;   
• Inspektsiya organlariga kelishdan, qonunni buzganlik to‘g‘risida tushuntirish berishdan bo‘yin tovlash;   
• xodimning hujjatlarini ko‘rib chiqmaslik yoxud ularni to‘liq hajmda bajarmaslik;      
• Inspektsiya organlari xodimining g‘ayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unga qanday shaklda bo‘lmasin ta'sir o‘tkazish.     
 
Sanab o‘tilgan xatti-harakatlar (harakatsizlik) oqibatida aybdorga EKIHning 2 baravaridan 5 baravarigacha (material e'lon qilingan sanada 368 600 so‘mdan 921 500 so‘mgacha) miqdorda jarima solinishi mumkin.
  
Qonun 24.07.2018 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid