Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy ösiş sur’atlarini ta’minlaş böyiça birinçi yarim yillik tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötyapti.

Yiğilişda Quriliş inspeksiyasi faoliyatini jonlantiriş zarurligi qayd etildi.

Ötgan bir yarim yilda ekspertizasi yöq 2,2 ming obekt qurilişiga asossiz ruxsat berilgan. Ötgan yil röyxatdan ötkazilmasdan qurilişi boşlangan 1,6 mingta obekt aniqlangan.

Şu bois, uşbu inspeksiya hukumat tarkibiga ötkazilişi va vakolatlari kengaytirilişi belgilandi.

Ruxsatsiz yoki loyihadan çetga çiqib qilinayotgan qurilişlar böyiça jazo çoralarini kuçaytiriş zarurligi ta’kidlandi.

Bunday holatlarni aniqlaş uçun Quriliş inspeksiyasining texnik vositalar, şu jumladan dronlardan foydalaniş imkoniyatlari kengaytiriladi.