Qirg‘iziston va Tojikiston o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish va qo‘shinlarni chegaradan uzoqlashtirishga kelishib oldi
Qirg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalari rahbarlari barcha masalalar bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma'lum qildi.
Qirg‘izistonning Botken viloyatida qirg‘iz-tojik davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumat delegatsiyalarining muzokaralari yakunlandi.
Qirg‘iziston delegatsiyasiga Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev, Tojikiston delegatsiyasiga Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Saymo‘min Yatimov rahbarlik qildi.
Muzokaralar davomida tomonlar mavjud vaziyatni va qirg‘iz-tojik davlat chegarasidagi ziddiyatni hal qilish bo‘yicha keyingi harakatlarni muhokama qildi.
Tashiyev va Yatimov o‘zaro kelishib olganliklarini va barcha masalalar bo‘yicha bir to‘xtamga kelganliklarini ma'lum qildi. Endi chegarada tinchlik o‘rnatilishi kerak. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolangan.
Bugun, 1 may kuni, bir sutka ichidagi ikkinchi telefon orqali muloqot chog‘ida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov tomonlarning Tojikiston hamda Qirg‘iziston chegaraoldi hududlaridagi vaziyatni normallashtirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish to‘g‘risida gaplashgandi.
O‘t ochishni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvlarga rioya qilish va harbiylarni doimiy joylashish zonalariga olib chiqib ketish masalalariga e'tibor qaratildi.
Mavzuga oid
18:54 / 28.09.2024
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolariga pasport olishda noqonuniy yordam bergan jinoiy guruh ushlandi
18:48 / 28.09.2024
Xitoydan Qirg‘iziston orqali o‘tadigan temir yo‘lning O‘zbekistondagi qismi qachon qurilishi ma’lum bo‘ldi
20:44 / 26.09.2024
Sadir Japarov Asqar Akayevning Qirg‘iziston prezidenti lavozimida qilgan uchta asosiy xatosini aytdi
09:55 / 25.09.2024