Bugun, 1 may kuni, bir sutka içidagi ikkinçi telefon orqali muloqot çoğida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov tomonlarning Tojikiston hamda Qirğiziston çegaraoldi hududlaridagi vaziyatni normallaştiriş böyiça erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş töğrisida gaplaşdi. Bu haqda «Asia-Plus» xabar berdi.
«Öt oçişni töliq töxtatiş töğrisidagi kelişuvlarga rioya qiliş va harbiylarni doimiy joylaşiş zonalariga olib çiqib ketiş masalalariga e'tibor qaratildi», deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinişiça, prezidentlar tomonlar işçi guruhlarining birgalikdagi faoliyati hamda delimitatsiya va demarkatsiya böyiça hukumatlararo komissiya yiğilişini ötkaziş haqida ham gaplaşgan.
Eslatib ötamiz, uşbu komissiya yiğilişi bugun Botkenda bölib ötişi rejalaştirilgandi.
Ikki mamlakat rahbarlari örtasida çegaradagi ziddiyat böyiça birinçi telefon suhbati keça, 30 aprel kuni bölib ötdi. Davlat rahbarlari çegaraning qirğiz-tojik uçastkasidagi vaziyatni yumşatiş böyiça çoralarni muhokama qildi.
Avvalroq, qator ommaviy axborot vositalari Qirğiziston öz hududi Tojikistondan öqqa tutilganini ma'lum qilgani töğrisida xabar berdi.

Knews.kğning Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi Çegara xizmatiga asosan xabar qilişiça, tojikistonlik harbiylar Botken viloyatidagi turar joy binolariga qarata öt oçişgan.
«Botken viloyati (Qirğiziston) Leylak tumanining Arka hududida tojikistonlik harbiy xizmatçilar Qirğiziston fuqarolarining turar joylariga qarata öq uzdilar», deyiladi xabarda.
Şundan söng, Qirğiziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qömitasi Çegara xizmati çegara bölinmalari mudofaa pozitsiyalarini egallaşgani aytildi.
Zakon.kz Tojikiston hududida harbiy texnika harakati tojik-qirğiz davlat çegarasi yönalişi böyiça qayd etilganini ma'lum qildi. Naşr xabar Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasiga tayangan holda berilganini bildirdi.
Davlat çegarasining qirğiz-tojik uçastkasidagi vaziyat nisbatan keskin deb hisoblanmoqda, deyilgan Qirğiziston rasmiylari xabarida.
Ommaviy axborot vositalarining xabar berişiça, Tojikiston va Qirğiziston içki işlar vazirlari örinbosarlari Nozim Ibrohimzoda hamda Suyun Omurzakov Leylek viloyatining Internatsional qişloğida uçraşdi.

«Natijalar böyiça fuqarolarning xavfsizligini ta'minlaş böyiça kelişuvga erişildi, tomonlar vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça bir töxtamga keldi. Botken viloyati Leylek tumani va Söğd viloyati kuç tuzilmalari faoliyati töliq Suyun Omurzoqov va Nozim Ibrohimzodaning nazorati ostida böladi. Tomonlar otişmalarning oldini oliş, fuqarolar xavfsizligini ta'minlaş va tartibni birgalikda tiklaşga kelişib oldi. Hozirda Botken viloyatining Leylek tumanida vaziyatni töliq barqarorlaştiriş va jamoat tartibini saqlaş uçun barça çoralar körilmoqda», deyiladi xabarda.
28 aprel kuni qirğiz-tojik çegarasida ikki davlat çegaraçilari örtasida mojaro kelib çiqdi, 29 aprelda esa u qurolli töqnaşuvlarga aylanib ketdi.
Mojaro Tojikiston tomoni Isfara daryosi yuqori oqimidagi «Boş» suv taqsimlaş punktida suv taqsimotini nazorat qiliş maqsadida videokuzatuv kameralarini örnatişga qaror qilganidan keyin boşlangan. Qirğizistonning çegara otryadi va Botken viloyati politsiya xodimlari videokameralarni örnatişni töxtatişni talab qilgan. Tomonlar bir töxtamga kela olmagani mojaroning avj olişiga olib kelgan. Tojikiston bu hududni öziniki deb hisoblaydi, Qirğiziston esa bahsli hudud sifatida biladi.

Qirğiziston soğliqni saqlaş vazirligining ma'lum qilişiça, çegaradagi qurolli töqnaşuvlar vaqtida Qirğizistonning 31 nafar fuqarosi halok bölgan, 154 nafar fuqaro tibbiy yordam sörab murojaat qilgan. Tojikiston hozirça bu boradagi ma'lumotlarni keltirmagan. Biroq mahalliy OAVning xabar berişiça, mojaro vaqtida Tojikistonning 10ga yaqin fuqarosi halok bölgan, 90dan köproği jabrlangan.













