Jahon | 07:54 / 06.06.2017
42193
3 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonov sovg‘alar tarqatishni boshladi

29 may kuni rossiyalik milliarder Alisher Usmonov muxolifatchi Aleksey Navalniyga qarshi videomurojaati asosida memlar tanlovini e'lon qilgan edi. Oradan bir hafta o‘tib, u dastlabki g‘oliblarni e'lon qildi va ularning har biri Usmonovning dastxati tushirilgan  iPhone 7 Plus smartfoniga ega bo‘lishadi. "G‘olib deb topilgan memlar juda g‘alati", deb yozadi Meduza nashri. 

Tanlovga 10 mingdan ziyod ish kelib tushgan, deya ta'kidlanadi Usmonovning «VKontakte»dagi rasmiy sahifasida. Sahifada uch nafar g‘olib va ularning ishi e'lon qilingan, shuningdek xalq tomondan ovoz berish natijasida aniqlangan g‘olib ham «Ayfon» bilan taqdirlanadigan bo‘ldi.

«Navalniy rost gapirgan kuni soqolimni qirtishlayman»

«Navalniy shunchaki vaysaqi emas, u — vayvayvaysaqi»


«Shoh va mot! Omadsiz inson»

 

Memlardan ikkitasini Usmonovning shaxsan o‘zi tanlagan. Uchinchi g‘olib — dizayner Yegor Jgunni «VKontakte» foydalanuvchilari ovoz berish yo‘li bilan g‘olib qilishgan. Jgun «Kung-fu panda» multfilmi posterini qayta ishlab, uni Tvitterda 24 may kuni, tanlov e'lon qilinishidan ham avval e'lon qilib bo‘lgan edi. 

«Tanlangan ishlar ichida kunfu-panda ishtirok etgan surat ham bor. Biz uning tarmoqda tanlovdan avval paydo bo‘lganidan xabardormiz. Biz uning muallifini topamiz va unga sovg‘asini jo‘natamiz», deyishgan tashkilotchilar.

18 may kuni Usmonov Navalniyga qarshi videomurojaat bilan chiqib, siyosatchini omadsizlikda ayblab, jumladan, «Tfu senga, Aleksey Navalniy!» degan. 24 may kuni milliarder ikkinchi videomurojaatini e'lon qilib, Navalniyni «yuqori saviyali badiiy yolg‘onchi» deb atagan va ushbu videosini ham «yana bir marta senga tfu» deb tugatgan.

31 may kuni sud Usmonovning arzini qanoatlantirgan va Navalniy yetakchiligidagi korrupsiyaga qarshi kurashish fondiga Usmonovni yomonotliq qiluvchi ma'lumotlarga raddiya berish majburiyatini yuklagan.

Mavzuga oid