Rossiyaning eng badavlat odamlari qölida töplangan umumiy boylik hajmi 2025 yilda 23 mlrd 818 mln dollarga köpaydi. Bu haqda Bloomberğning “Milliarderlar indeksi”ga tayanib, TASS xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, temir rudalarning eng yirik işlab çiqaruvçisi bölmiş “Metalloinvest” aksiyadori Alişer Usmonovning boyligi ötgan yili 6,04 mlrd dollarga oşib, 19,3 mlrd dollarga yetgan.

Ural kon-metallurgiya kompaniyasi asosçisi Iskandar Mahmudovning mol-mulklari esa 4,75 mlrd dollarga oşib, 7,88 mlrd dollarga yetgan.

Telegram asosçisi Pavel Durov 2025 yilda 3,38 mlrd dollarga boyib, davlatini 14,4 mlrd dollarga yetkazgan.

Wildberries asosçisi Tatyana Kim ötgan yili 515 mln dollar topib, boyligini 7,89 mlrd dollarga yetkazgan.

2025 yilda eng köp zarar körgan rossiyalik biznesmen – Mixail Fridman. U 4,7 mlrd dollar yöqotişi natijasida, aktivlarining qiymati 10,1 mlrd dollargaça pasaygan.