Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navro‘z konsertida Amir Temur haqida kompozitsiya qo‘yildi
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan konsert dasturidan Amir Temur saltanatiga oid sahna asari ham o‘rin oldi.
UzReport telekanali efiridan kadr
“Konigilda to‘y” nomli kompozitsiyada Temur saltanatining ulkan bayrog‘i dronda hilpirab o‘tdi, buni davlat rahbari ham turib olqishladi.
Badiiy kompozitsiya O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasi asosida sahnalashtirilgan.
Unda navbatdagi yurishdan g‘alaba bilan qaytgan Amir Temur tantanali tarzda kutib olinib, uning yangi zafari, Navro‘z bayrami va nabiralarning to‘ylari jamuljam bayram qilinadi.



Mavzuga oid
11:22 / 24.03.2026
O‘monda Temuriylar izi topildi: saroy va masjidlarda Samarqand uslubi
16:36 / 21.03.2026
Bir guruh hatayliklar Navro‘zni O‘zbekistonda nishonlamoqda
10:15 / 21.03.2026
Shavkat Mirziyoyev xalqni birdamlik va bunyodkorlikka chaqirdi
10:13 / 21.03.2026














