Davlat rahbari ta’kidlaganidek, Navröz asrlar davomida turli xalq va millatlarni yaqinlaştirib kelgan, insonlarni ezgulik, bağrikenglik va özaro hurmat ruhida birlaştirgan uluğ bayramdir.
Prezidentning qayd etişiça, bugun yurtda yaşayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari Navrözni bir oiladek, şod-u xurramlik bilan nişonlamoqda. Bu esa mamlakatdagi ahillik va totuvlik muhitining yana bir yorqin ifodasi bölmoqda.
Şavkat Mirziyoyev ana şunday hamjihatlik va özaro hurmat Yangi Özbekistonni birgalikda barpo etişning eng işonçli kafolati ekanini urğuladi.
“Biz jamiyatimizda millatlar va dinlararo hamjihatlikni bundan buyon ham mustahkamlaş uçun bor kuç va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Bu borada qöşni va qardoş mamlakatlar bilan birga yagona Markaziy Osiyo ovozi bölib, mintaqamizning tinçlik, birodarlik va hamkorlik makoni sifatidagi nufuzini oşirişga ustuvor ahamiyat qaratamiz”, dedi prezident.
Davlat rahbari tantanali tadbirda iştirok etayotgan xorijiy davlatlar elçilari, xalqaro taşkilotlar vakillarini ham Xalqaro Navröz kuni bilan samimiy qutlab, ular orqali barça döst xalqlarga ezgu tilaklarini yölladi.
Qayd etilganidek, Navrözning tinçlikparvar va birlaştiruvçi ğoyalari bugun nafaqat mamlakat, balki butun mintaqa va xalqaro hamjamiyat uçun ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.













