Light | 10:24 / 07.03.2017
16292
1 daqiqa o‘qiladi

Ilonlar bilan o‘ynashni yoqtiradigan ikki yoshli bolakay

Avstraliyaning Gold-Kost shahrida yashovchi ikki yoshli bola internetda mashhur bo‘lib ketdi. Bu uning ota-onasi Instagram’da o‘g‘illarining ilonlar va boshqa sudralib yuruvchilar bilan tushgan suratlarini joylaganliklaridan so‘ng ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda 7 News portali.

Toni va Bruk Xarrisonlar – professional ilon ovlovchilardir. Ular o‘z ishlariga ko‘p vaqt ajratishadi hamda ilonlar bilan doimiy ravishda aloqadalar. Oxir-oqibat ular o‘g‘illarini ham bu ishga "jalb qilishdi".

Bolakay sudralib yuruvchilar bilan doimiy ravishda aloqa qiladi va har xil ilon turlariga o‘zgacha yondashuv topa oladi.

Bolakay kichik ilonlar bilan bir qatorda, yirik bo‘g‘ma ilonlar bilan ham suratga tushishni yoqtiradi.

Mavzuga oid