Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonunchilik palatasiga 4ta «Lasetti-2» avtomobili sotib olinadi. Bunga 430 mln so‘m sarflanadi
Foto: GM Uzbekistan
Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati Xo‘jalik faoliyati boshqarmasi Avtoxo‘jaligi moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish hamda mustahkamlash maqsadidagi farmoyishi qabul qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2019 yil 25 martdagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi apparatining yangilangan tuzilmasi tasdiqlangan, u o‘z ichiga qayta tashkil etilgan boshqarmalar va bo‘limlarni qamrab oladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining transport ta'minoti va xizmat ko‘rsatilishi Vazirlar Mahkamasi Xo‘jalik faoliyati boshqarmasi Avtoxo‘jaligi tomonidan amalga oshiriladi.
Farmoyish bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Moliya vazirligining Vazirlar Mahkamasi Xo‘jalik faoliyati boshqarmasi Avtoxo‘jaligiga qo‘shimcha 4 dona «Lasetti-2» avtomobilini ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi. Ular Oliy Majlis Qonunchilik palatasi apparatiga belgilangan tartibda biriktiriladi.
Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi zaxira fondidan avtomobillarni sotib olish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun 430 mln so‘m ajratadi.
Mavzuga oid
09:00 / 28.12.2025
2026 yilgi rejalar, yangi gaz koni va budjetning yopiq muhokamasi - hafta dayjesti
13:29 / 25.12.2025
Deputatlar qonundan tashqari ishlatilgan 41 trln so‘m xarajatni “yashirincha” tasdiqlab bergan
14:30 / 25.11.2025
Avtomobilni sotishda yurgan masofasini yashirganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
15:31 / 19.11.2025