Taklifga muvofiq, xalq deputatlari mahalliy kengaşi raisi örinbosari institutini joriy etiş nazarda tutilmoqda. Uşbu lavozim egasi bir vaqtning özida kengaş kotibiyati mudiri vazifasini bajaradi hamda kotibiyat xodimlarini lavozimga tayinlaş va lavozimidan ozod qiliş vakolatiga ega böladi.

Şuningdek, mahalliy kengaşlar sessiyalari oraliğida tezkor masalalarni hal etiş maqsadida kengaş rayosati institutini joriy etiş va uning iş faoliyati tartibini belgilaş taklif etilmoqda.

Bundan taşqari, mahalliy kengaşlarda deputatlar va jamoatçilik vakillari iştirokida mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlarining ayrim muhim ijtimoiy masalalar yuzasidan axborotlarini eşitiş böyiça «Kengaş soati» institutini joriy qiliş közda tutilgan.

Mazkur qonunçilik taklifi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini yanada samarali taşkil etişga qaratilgan bölib, majlisda uşbu masala yuzasidan qaror qabul qilindi.