O‘zbekiston | 09:40 / 30.08.2022
59949
4 daqiqa o‘qiladi

Yangi Chevrolet Tracker’ning narxlari e’lon qilindi

Birinchi milliy krossover ekani aytilayotgan Chevrolet Tracker avtomobiliga shartnoma tuzish boshlangani ma’lum qilindi. 4 xil komplektatsiyadagi avtomobillarning eng arzoni 179 mln va eng qimmati 249 mln so‘m etib belgilangan.

Foto: UzAuto

Bugundan boshlab, krossoverga shartnoma tuzishlari mumkin, deb xabar bermoqda “UzAuto”. 

Chevrolet Tracker ixcham krossoveri iste’molchi talablarining eng muhim sifatlarni: zamonaviy dizayn, xavfsizlik, qulaylik, samaradorlik va tejamkorlikni o‘zida mujassam etgan.

Chevrolet Tracker o‘zining zamonaviy tashqi ko‘rinishi hamda salon intereri shuningdek, GM tomonidan ishlab chiqarilgan CSS Prime tejamkor dvigateli hamda intellektual funksiyalar va xavfsizlik tizimlari jamlanmasi bilan ajralib turadi.

LeD yoritkichli kunduzgi chiroqlar zamonaviylik va xavfsizlikni yanada oshiradi. Panoramali lyuk Tracker salonida kenglik va erkinlik tuyg‘usini yaratadi.

Chevrolet Tracker intereri zamonaviy ko‘rinish va betakror uslubga ega bo‘lgan yuqori texnologiyali, dinamik va tejamkor avtomobil ekani bilan ahamiyatlidir. Yangi uslubdagi qulay o‘rindiqlari uzoq safarlarda ham charchoq hissini bildirmaydi. Zamonaviy texnik xususiyatlar avtomobilni boshqarishda yanada zavq bag‘ishlaydi.

Chevrolet Tracker texnik xususiyatlarining muhim jihatlari quyidagilardan iborat:

  • 1,2 hajmli, aylanma harakatda 190 Nm va 132 ot kuchi quvvatiga ega zamonaviy uch silindrli CSS Prime turbomotor;
  • 6-pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi;
  • aralash siklda tejamkor yoqilg‘i sarfi 6.9 l/100 km, shahar tashqarisidagi yo‘lda harakatlanish- 5.6 l/100 km;
  • Xavfsizlikni ta’minlash tizimi;
  • past tezlikda avtomatik tormozlash; 
  • ko‘rinishi cheklangan joylar monitoringi; 
  • faol favqulodda tormozlash;
  • oldinda turgan to‘siqlar haqida ogohlantirish; 
  • frontal to‘qnashuv haqida ogohlantirish;
  • 6 ta xavfsizlik yostiqchaci.

Qulaylik

  • yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) to‘xtash tizimi;
  • haroratni avtomatik nazorat qiluvchi tizim (klimat kontrol);
  • kruiz-kontrol;
  • aqlli kalit (smart key) va dvigatelni ishga tushirish;
  • charm qoplamali 3 spitssali rul;
  • yomg‘ir datchigi; 
  • eko-charmdan o‘rindiqlar qoplamalari;
  • simsiz zaryadlash;
  • 8 dyuymli sensor displeyga ega multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto);
  • to‘liq svetodiod optikasi va LeD orqa gabarit chiroqlar.

Alohida ta’kidlash joizki, 2023 yildan boshlab Chevrolet Tracker qo‘shimcha opsiyalar: tashqi oynalarni isitish tizimi, old o‘rindiqlarni isitish, oyna tozalagich (dvornik) atrofini isitish, ikkinchi orqa qator o‘rindiqlari isitish tizimi, elektr mexanizmga ega haydovchi o‘rindig‘i, rul isitish tizimi, himoya karteri va «Redline» paketida taqdim etiladi.

Chevrolet Tracker avtomobilini UzAuto Motors'ning rasmiy saytida nomlari keltirilgan avtorizatsiyadan o‘tgan dilerlik markazlarida sotib olishingiz mumkin. Shuningdek, ushbu dilerliklarda avtomobil bilan tanishish hamda texnik xususiyatlarini o‘rganish uchun test-drayv ham mavjud. 

Chevrolet Tracker 

* Boshlang‘ich komplektatsiyadagi avtomobilni sotib olish istagini bildirgan xaridorlar vakolatli dilerlik markazlari yoki info@uzautomotors.com elektron manziliga ariza qoldirishlari lozim. Yetarli miqdordagi arizalar to‘plangandan so‘ng, kompaniya ushbu avtomobil ishlab chiqarilishini belgilangan tartibda o‘rganib chiqadi.

Batafsil ma’lumot olish uchun kompaniyaning rasmiy dilerlariga hamda call-center telefon raqamlariga murojaat qiling: 

☎️(+998) 78–141–77−77.

Chevrolet Tracker: Diler markazlari

Reklama huquqlari asosida

Mavzuga oid