Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Odiljon Bastamqulov doimiy direktor tayinlangunga qadar kompaniyaga rahbarlik qiladi.
Foto: UzAuto Motors
Odiljon Bastamqulovich Bastamqulov UzAuto Motors AJ bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya veb-saytida ma’lumot berildi.
Qayd qilinishicha, Bastamqulov doimiy direktor tayinlangunga qadar kompaniyaga rahbarlik qiladi. Ilgari u avtomobil oynalari ishlab chiqaruvchi «Avtooyna» korxonasini boshqargan.
Bunga qadar UzAuto Motors kompaniyasini shvetsiyalik Bo Andersson boshqargan va 2024 yil dekabrida lavozimini tark etgan edi. U Yaponiyaning Sanoh Industrial kompaniyasiga ishga joylashdi.
Mavzuga oid
14:54 / 10.11.2025
Tibbiyotda yangi yildan rahbar tayinlash tartibi o‘zgaradi: aniq mezonlar joriy etiladi
15:00 / 02.11.2025
Yana ikki shahar va uchta tumanda hokimlar o‘zgardi
10:47 / 30.10.2025
Ravshan G‘ulomov ishdan olindi
11:29 / 29.10.2025