Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi YTHda 5 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
Ulyanovsk oblastidan o‘tadigan federal trassada o‘zbekistonliklar boshqaruvidagi Cobalt yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi.
Foto: Ulyanovsk oblasti Ichki ishlar boshqarmasi
17 dekabr ertalab Ulyanovsk oblastidan o‘tadigan federal trassaning 209-kilometrida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan Cobalt avtomobili MAZ avtomobili bilan to‘qnashgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Yuk mashinasi bilan to‘qnashuv oqibatida Cobalt deyarli majaqlanib ketgan. Uning ichidagi 5 kishi vafot etgan. Yuk mashina haydovchisi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Qozon shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarolari vafot etganini tasdiqladi. Bosh konsulxona hozirda halok bo‘lganlarning jasadlarini O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Vafot etganlar 20 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan: 1977 yilda tug‘ilgan A. A., 1988 yilda tug‘ilgan J. I., 1975 yilda tug‘ilgan K. S., 2004 yilda tug‘ilgan K. A. va 1977 yilda tug‘ilgan B. O.
Konsullik mazkur masala bo‘yicha Bosh konsulxonasi vakillari bilan quyidagi telefon raqamlar orqali bog‘lanish mumkinligini ma’lum qildi:
+7-843 526-55-63; +7-843 526-55-64; +7-843 526-55-65;
Mavzuga oid
13:51
Razvedka: 1000 nafardan ortiq keniyalik Rossiya tomonidan urushga yollangan
13:38
Putin biznesdan tug‘ilishni oshirishda faol ishtirokni talab qildi
10:48
Urushga qarshi varaqalar sabab hukm qilingan shaxs infarktdan keyin vafot etdi
09:55