«O‘zbekneftgaz»: mamlakatda AES qurilishi gaz zaxiralarining kamayishi bilan bog‘liq emas
«O‘zbekneftgaz» AJ ma'muriyati O‘zbekistonda atom elektr stansiyasining qurilishi mamlakatda gaz zaxiralarining kamayishi bilan bog‘liq, degan fikrni rad etdi.
15 mart kuni tashkil etilgan «Yangi konlarni ochish orqali uglevodorodlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni joriy etish borasida belgilangan chora-tadbirlar» mavzusidagi matbuot anjumanida bu haqda so‘z bordi.
«O‘zbekneftgaz» AJ ishlab chiqarish faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti boshlig‘i Nodir Muhiddinovning aytishicha, mamlakatni gaz bilan bir necha o‘n yilliklar davomida ta'minlash quvvatiga ega konlar ochilgan.
«Mavjud konlardan qazib chiqarilgan yoqilg‘i miqdoridan oshirib, yana yangi konlarni topish vazifasi ham kompaniya oldiga qo‘yilgan.
Respublika iqtisodiyotining tez rivojlanayotganligi va aholining energetikaga bo‘lgan talabidan kelib chiqqan holda energetikaning boshqa sohalariga e'tibor qaratilmoqda», — deydi u.
Muhiddinovga ko‘ra, buni gaz zaxiralari kamayishi bilan bog‘lash noto‘g‘ri bo‘ladi.
Avvalroq, AQShning Epsilon Development LLC kompaniyasi Qashqadaryo viloyatidagi «Tolimarjon» konida gaz qazib olishni boshlagani xabar berilgandi.
Shuningdek, Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida ikki yil davomida olib borilgan izlanishlar davomida ikkita gaz va bitta neft koni topildi.
Mavzuga oid
11:40 / 19.10.2024
Yaponiyada birinchi marta 50 yildan ortiq ishlayotgan AES reaktori faoliyatiga ruxsat berildi
20:20 / 16.10.2024
AES direksiyasi rahbari: Ishlatilgan yadro yoqilg‘isi Rossiyaga olib ketiladi
15:00 / 14.10.2024
Fransiya radioaktiv chiqindilarni qozon va vilkalarga aylantirishni rejalashtirmoqda
20:57 / 08.10.2024