Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh O‘zbekistonda gaz qazib olishni boshladi
AQShning Epsilon Development LLC kompaniyasi Qashqadaryo viloyatidagi «Tolimarjon» konida gaz qazib olishni boshladi. Xabarlarga ko‘ra, sutkasiga kutilayotgan ko‘k yoqilg‘i hajmi 250 ming kub metrni tashkil etadi.
Amerika kompaniyasi joriy yilning fevral oyida «Tolimarjon» gaz konini o‘zlashtirishga kirishdi. Gaz O‘zbekiston ichki bozorida sotiladi.
Epsilon Development kompaniyasi O‘zbekistonda gaz qazib olishga 5,2 milliard dollarlik investitsiya kiritishi kutilmoqda.
Avvalroq, Amerika kompaniyasi Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida sezilarli xarajatlar talab qiladigan hamda o‘zlashtirish qiyin bo‘lgan konlarda gaz qazib olishini ma'lum qildi. Kelgusi ikki yil ichida Qo‘shma Shtatlar ushbu hududlardagi gaz konlarini o‘zlashtirishga 2 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda mamlakatga 11,8 milliard dollar investitsiya kiritildi, ushbu miqdorning 73% neft va gaz sektoriga yo‘naltirildi.
Bundan oldin, Qozog‘iston O‘zbekistonga gaz eksportini kamaytirgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:25
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026