Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva: Transport tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar boshlandi
Saida Mirziyoyeva prezidentning transport tizimini modernizatsiya qilishga oid qarori ijrosi doirasida amaliy ishlar boshlanganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, Yo‘l harakatini tashkil etish markazi Toshkentda tirbandliklar, ekologiya va jamoat transportini nazorat qilish bo‘yicha taqdimot o‘tkazgan.
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bildirishicha, transport tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha qarorni hayotga tatbiq etish ishlari boshlangan. Bu maqsadda tashkil etilgan Yo‘l harakatini tashkil etish markazi Toshkent shahridagi tirbandliklar va ekologiya masalalarini hal qilish, shuningdek, jamoat transporti nazorati bo‘yicha taqdimot o‘tkazgan.

Taqdimotda berilgan hisobotlarga ko‘ra, yaqin kunlarda «aqlli» svetoforlarni o‘rnatish, yo‘llarga standartlarga mos chiziqlar tortish hamda avtoturargohlarni to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Saida Mirziyoyeva shahar hokimi boshchiligidagi jamoa qaror ijrosini to‘laqonli ta’minlashga bor kuch va imkoniyatini qaratishiga umid bildirgan. U mazkur ishlar bajarilishini shaxsan nazorat qilib borishini ham ta’kidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt uchun o‘ta muhim va zarur bo‘lgan loyihani amalga oshirishda jamoaga muvaffaqiyat tilagan.




Mavzuga oid
09:10 / 03.04.2026
Toshkent va O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
14:58 / 02.04.2026
Aholi norozi: Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda
09:13 / 01.04.2026
Ekologik choralar endi faqat Toshkent bilan cheklanmaydi
18:49 / 31.03.2026