Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida yosh cheklovi olib tashlandi
Endi oliy ta’lim muassasalari uchun kontrakt to‘lovi qilinganda farzandning yoshidan qat’i nazar, daromad solig‘idan imtiyoz beriladi.
Foto: Kun.uz
Soliq qo‘mitasi qarori (.pdf) bilan professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun to‘lanadigan mablag‘larga soliq bo‘yicha beriladigan imtiyoz tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Endi oliy ta’lim muassasalari uchun ota-onalar kontrakt to‘lovi qilganda farzandining yoshidan qat’i nazar, daromad solig‘idan imtiyoz beriladi.
Soliq kodeksiga muvofiq fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining oliygohlarda o‘zi, farzandlari, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan er va xotinining yo‘naltiriladigan to‘lovlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
Shuningdek, o‘zi, farzandlari yoki er va xotinining o‘qishi uchun mablag‘ to‘langanda soliq chegirmasi ta’lim oluvchiga, uning ota-onalariga hamda yigirma olti yoshga yetmagan rafiqasi yoki eriga beriladi.
Mavzuga oid
15:20
Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foiz qismi qoplab beriladi
18:58 / 20.12.2025
Talabalar tomonidan 9 oy ichida 500ga yaqin jinoyat sodir etilgan
20:56 / 06.12.2025
O‘zbekistonning 38ta oliy ta’lim muassasasi xalqaro reytingda TOP-1000 talikka kirdi
21:36 / 05.12.2025