2050 yilga borib dunyoning aksariyat mamlakatlarida aholi soni kamayadi
Dunyoning ko‘p qismi qisqarib borayotgan ishchi kuchi va qarigan aholiga qanday g‘amxo‘rlik qilish muammosi bilan kurashishga majbur bo‘ladi.
Kelgusi o‘n yilliklarda dunyoning aksariyat qismlarida tug‘ilgan bolalar soni sezilarli darajada kamayadi. Va bu sayyorada katta ijtimoiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Tug‘ilishning pasayishi shu qadar jiddiy bo‘ladiki, 2050 yilga borib, mamlakatlarning to‘rtdan uch qismidan ko‘prog‘i o‘z aholisi ko‘payishini ta’minlay olmaydi. U qisqaradi va asr oxiriga borib, mamlakatlarning 97 foizidan ortig‘i bu muammoga duch keladi.
Bu Sog‘liqni saqlash ko‘rsatkichlari va baholash instituti (IHME) tomonidan o‘tkazilgan yangi global tug‘ilish tadqiqotining asosiy xulosasi. Unda dunyo chuqur demografik inqirozga uchrashi bashorat qilinmoqda. Ko‘pgina mintaqalarda tug‘ilish darajasi pasayishi, Sahroi Kabirdagi Afrika mamlakatlarida ko‘payishi kutilmoqda.
Asr oxiriga borib, tug‘ilishning qariyb 77 foizi kam daromadli mamlakatlarda sodir bo‘ladi. Taqqoslash uchun, 2021 yilda dunyodagi chaqaloqlarning 29 foizi Sahroi Kabirdagi Afrikada tug‘ilgan. 2100 yilga borib, bu ulush 54 foizdan oshadi.
Bu holat muayyan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Dunyoning ko‘p qismi qisqarib borayotgan ishchi kuchi va qarigan aholiga qanday g‘amxo‘rlik qilish bilan kurashishga majbur bo‘ladi. Va cheklangan resurslarga ega bo‘lgan Afrika davlatlari iqtisodiy cheklovlar va siyosiy beqarorlik sharoitida yosh aholi sonining ko‘payishiga dosh berishga majbur bo‘ladi.
Tadqiqot mualliflarining fikricha, muvozanatli migratsiya siyosati bu bo‘linish oqibatlarini yumshata oladi.
Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlar ota-onalarni yanada jiddiy qo‘llab-quvvatlash, masalan, ota-ona ta’tillarini uzaytirish, moddiy rag‘batlantirish, bandlik imtiyozlari va boshqa choralar orqali bunga qarshi kurashishi mumkin.
Mavzuga oid
23:30 / 26.11.2024
Kreml tug‘ilish kam bo‘lgan hududlarning gubernatorlarini iste’foga chiqarishni boshlaydi
20:54 / 19.11.2024
Ispaniya har yili 300 ming migrantni qonuniylashtirish niyatida
21:34 / 05.11.2024
Qirg‘izistonlik ayollar 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirildi
19:17 / 03.11.2024